Ark Gamedev Academy
Bog'lanish

Farzandingiz o'yin o'ynaydi. Bu yerda u o'yin yaratadi.

11–17 yoshli o'smirlar uchun game development akademiyasi. Godot'dan boshlab, Unity va C# orqali o'z o'yinini chiqarishgacha.

  • 11–17 yosh
  • Haftada 3 dars
  • 6 bosqich, 6 ta o'yin
  • Kod bilmasdan boshlash mumkin

Kurs bu level'lar

Har bir bosqichda farzandingiz bitta o'yinni boshidan oxirigacha yasaydi va uni demo day'da ota-onalarga ko'rsatadi.

  1. 1
    Level 1: Godot asoslari
    Haunted Maze

    Kodsiz boshlaymiz: Godot editori, sprite'lar, birinchi level, dushmanlar va birinchi to'liq o'yin.

  2. 2
    Level 2: Godot'da polish
    Sky Dash

    Fizika, har safar yangi level yaratadigan generatsiya, ovoz va effektlar: o'yinni jonli qilish.

  3. 3
    Level 3: GitHub va Unity'ga kirish
    Birinchi C# script

    Dasturchilar kabi ishlash: GitHub, so'ng Unity editori va birinchi C# kod.

  4. 4
    Level 4: Haqiqiy C# kod
    Dungeon Crawler

    Unity'da haqiqiy kod bilan to'liq o'yin, class'lar va toza kod.

  5. 5
    Level 5: Ilg'or tizimlar
    Tower Defense

    O'yin iqtisodiyoti, to'lqinlar, shader'lar va murakkab UI tizimlari.

  6. 6
    Level 6: AI Game Development
    AI Quest

    Sun'iy intellekt bilan hamkorlikda o'yin yaratish, keyin o'z o'yinini dizayn qilib chiqarish.

  7. Bitiruv

    122 dars, taxminan 10 oy. Natija: o'zi yasagan o'yinlar portfoliosi.

Dars qanday o'tadi

Mentor va assistent

Haftada 3 marta guruhda dars. Har guruhda mentor va unga yordam beradigan assistent bor.

Har darsda vazifa

Sinf ishi, uy ishi va assistent bilan qo'shimcha dars. Har biri tekshiriladi va XP beradi.

XP va tokenlar

Haftalik maqsadga yetgan o'quvchi Bronze token oladi. Tokenlarni Ark Store'da sovg'alarga almashtiradi.

Demo day

Har bosqich oxirida o'quvchi o'z o'yinini ota-onalar va guruh oldida taqdim etadi.

Ota-onalar hammasini Telegramda ko'radi

Alohida ilova o'rnatish shart emas. Ark boti orqali farzandingizning darslari va to'lovlari doim ko'z oldingizda.

  • Davomat va har darsdagi natijalar
  • Balans va to'lovlar tarixi
  • XP, tokenlar va guruhdagi o'rni
  • Keyingi dars va demo day

Ko'p beriladigan savollar

Dasturlashni bilish kerakmi?

Yo'q. Birinchi bosqich kodsiz boshlanadi, kod esa asta-sekin, o'yin yasash jarayonida qo'shiladi.

Kurs qancha davom etadi?

122 dars, haftada 3 marta: taxminan 10 oy. 6 bosqichdan iborat, har biri bitta o'yin bilan tugaydi.

To'lov qanday?

Oylik to'lov: bir to'lov 12 darsni qoplaydi. Bayram va dam olish kunlari hisoblanmaydi.

Sinov darsi bormi?

Ha. Telegramda yozing, farzandingiz yoshiga mos guruh va vaqtni tanlab beramiz.

Farzandimning o'qishini qanday kuzataman?

Ark boti orqali Telegramda: davomat, baholar, to'lovlar va keyingi dars. Dars qoldirilsa, bot o'zi xabar beradi.

Birinchi o'yin sinov darsidan boshlanadi

Yozing, mos guruh va vaqtni tanlaymiz.